Tarqatmada “ayol” maʼnosini beruvchi xitoy iyerogliflarini koʻrib turibsiz. Ayol iyeroglifi dastavval ibodat qilayotgan ayolga oʻxshash boʻlgan. Keyinchalik homilador ayol koʻrinishiga oʻxshash tarzda ifodalangan. Hozirgi kunda esa katta-katta qadam tashlab ketayotgan ayol koʻrinishida ifodalanadi. Aslida Xitoyda qadimdan ayollarning kichik qadam tashlab yurishlariga alohida eʼtibor berilgan. Savol: Manbalarda aytilishicha, hozirda xitoyliklar ayol iyeroglifini katta-katta qadam tashlab ketayotgan holda tasvirlash orqali nimani ifodalamoqchi boʻlishadi?