Tarqatma material! Siz tarqatmada Kamoliddin Behzodning 1490-yili ishlangan miniatyurasini koʻrib turibsiz. Akademik Akbar Hakimov miniatyurada musiqa va harakat uygʻunligi, ruh va tananing uyqash ritmi mujassamligini aytar ekan, keyinchalik bu mujassamlikni yanada takomillashtirgan 1869-yil tugʻilgan fransuz rassomi ijodiga ham toʻxtalib oʻtadi. Savol: Bu fransuz kimligini yozib bering.