Sizlarga tarqatilgan karikaturaning yuqori qismida 1910 yil fransuz rassomi tomonidan chizilgan surat joylashgan. Suratda boʻsh joylar koʻp boʻlishiga qaramay muallif qahramonlar orqali vaznsizlik bilan tezlikni, ehtiros bilan energiyani ifodalay olgan deyiladi. Oʻz davrida tanqidlarga uchrab, eʼtirozlar bilan kutib olingan kartina haqida gapirar ekan, rassom shunday deydi: «Men shunchaki, odamlarni bezovta qilmaydigan va xavotirga solmaydigan uygʻunlashgan, sof sanʼatni tasvirlamoqchi edim. Suratni koʻrgan toliqib charchagan, madori yoʻq har bir kishi uning oldida orom va sokinlik topsin». Gap qaysi surat haqida ekanini yozib bering.