Tarqatma material: Hay-hay bu qiz qomati, Sirdaryo qamishidan, Koʻzlari rang olmishdir Forishning kishmishidan. Soʻxd chashmasi suvidan yuzlari tiniqligi, Bobotogʻ kiyigidan, shoʻx kiyik qiliqligi. .......................... Kampir poshsho momosi, sochlarin yuvib qoʻygan shundan uning jilosi. Lablarining olligi Parkentining gilosidan, Durkinligi Zomin togʻ archazor havosidan. Miroqining marvarid tutidan tishlari oq, Osiyo oftobidan peshonasi yaltiroq. Kim bilmagay Baxmalning qirmizi olmasini, Koʻksida olib yurar ikkita donasini. Tili Oq togʻ asali - chiqar ilon inidan Vale, chimdim qoʻshilgan, Qoʻqon qalampiridan. Otasidan sadoqat, onasidan vafosi, Shoir Aʼzamga bordek faqat bir oz jafosi. Siz tarqatmada geografik-gastronomik sheʼrni koʻrib tur. Sheʼrdan ikki soʻz tashlab ketilgan. BuxDU oʻqituvchisi Qurbonova M.B.ning oʻzining ilmiy maqolasida uni tayyorlashda qoʻr oʻrnida qoʻzichoq qorinchasidan foydalanilganligini yozadi. Yana bir variantga koʻra uning siri sopol kosalarda ekan. Diqqat savol: sheʼrda tashlab ketilgan ikki soʻzni toponim qatnashtirib ayting.