T.Malik "Shaytanatning jin koʻchalari" nomli kitobida yozilishicha oʻgʻrilar oʻgʻirlaydigan buyumlari yoki joyiga qarab turli toifalarga boʻlinadi. Masalan, bozorda oʻgʻirlik qiladiganlar "rinochnik", shahar transportida oʻgʻirlik qiladiganlar “gonshik” yoki “marshrutnik” deb ataladi. Yana bir toifa boʻlib, ular yumronqoziq ("krot") deb ataladi. Aytish mumkinki, bu toifa oʻgʻrilarni yurtimizda faqat Toshkent shahridagina uchratish mumkin. Diqqat savol: Yumronqoziqlar qanday oʻgʻrilar?