Ularning koʻplab turlari mavjud. Ular orasida yoʻl, qum, kavlovchi, qogʻoz, tabletka turlari bor. Yoʻl, qum va kavlovchi turlari — ajoyib ovchilar. Qogʻozdagilar — oʻgʻrilar. Boz ustiga, oʻta surbet va xira oʻgʻrilar. Shubhasiz, koʻplaringiz ularni jinoyat ustida bir necha bor ushlagansiz. Tabletka turlari haqida faqat bir narsani aytish mumkin — parazitlar. Ularning eng mashhurlari zamonaviy "katta yoʻl qaroqchisi"ning mehnat quroliga nima bilan oʻxshaydi?