Sun Tzu ning Urush sanʼati asarining IX boʻlimi Qoʻshinlar harakati deb nomlanadi. Asarga koʻra, agar baland ustunli chang koʻtarilgan boʻlsa, bu aravalarning oldinga siljishini belgisidir; Agar chang past boʻlsa-da, lekin keng maydonga yoyilgan boʻlsa, bu piyodalarning yaqinlashishini anglatadi. Agar bir necha chang bulutlari u yoqdan-bu yoqqa siljisa, armiya qarorgoh qurayotganini bildiradi. Agar chang turli yoʻnalishlarda shoxlangan boʻlsa, BU ISHni qilish uchun guruhlar yuborilganligini koʻrsatadi. Bir oʻzbek xalq ertagida bu ishni qilish uchun ketgan personajni ortiga qaytishini vada berib vadasini ustidan chiqmaganligini yaxshi bilamiz. Diqqat savol: Bu ish oʻrnidagi jumlani 2 soʻz bilan ayting