Suhbatlardan birida shoirlarning taxalluslari haqida gap boradi. Koʻpchilik oʻzi tugʻilgan joyni taxallus qilib olishi va bunga misol sifatida Xorazmiy, Samarqandiy, Andijoniy taxalluslari keltirib oʻtiladi. Shu paytda Shukur Xolmirzaev agar bu yerlik odam shoir boʻlib qolsa taxallusi qoʻrqinchli koʻrinishi haqida aytib hazil qiladi. Savol: Adib bu yer deganda Tojikistondagi qaysi toponimni nazarda tutgan?