Shoir bu asarini umrining soʻnggi yillarida yaratdi va uni “Koʻngillarning sevgani” deb atadi. Bu nom bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni maʼnaviy barkamol etadigan, oʻzgalar qarshisida goʻzal, oliyjanob koʻrsatadigan xislatlar jamlanganini anglatmoqchi boʻldi. Darhaqiqat, muallif koʻzlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chogʻda uning butun maʼno-mazmunida, taʼrif-u tafsilotlarida toʻla mujassamdir. Savol: Asarning haqiqiy nomini yozib bering.