zakovatklubi.uz

Shaxmatda "qoʻl tekkizdingmi - yur" qoidasi mavjud. Qoidaga koʻra, shaxmatchi ushlagan figurasini yurishga majbur. Agar ushlangan figura raqibniki boʻlsa, unda oʻsha figurani olish, yaʼni urish kerak. Bu qoidada bir nechta istisno xolatlar bor. Masalan, agar shaxmatchi figuradan qoʻlini uzmagan boʻlsa, oʻsha figurani yurmasligi, figura raqibniki boʻlsa uni olmasligi mumkin. Biroq bu qoida asosan xavaskorlar orasida amal qiladi. Ikkinchi holatda agar doskada joylashgan figurani toʻgʻirlab qoʻyishga zarurat boʻlsa, oldindan ogoxlantirib figuraga tegishi va toʻgʻirlashi mumkin. Shaxmatchi bu holatda ushlagan figurasini yurishga, agar figura raqibniki boʻlsa uni yurishga majbur emas. Yana shunday holatlar borki, shaxmatchi ushlagan figurasini yurishga yoki urishga majbur boʻlmaydi. Savol: ushbu holatlarni yozib bering!

Manba