Shaxmatda yurishlar, kombinasiyalar ChEKSIZ. Qarshingizdagi shaxmat partiyasidagi pozisiya esa shunday cheksiz kombinasiyalardan biri. Ushbu pozisiya qoralarning oqlarning yurishini koʻr-koʻrona takrorlashi natijasida yuzaga kelgan. Bunday oʻyin shaxmatda IKS oʻyini deb ataladi. Odatda shaxmat oʻynashni umuman bilmaydiganlar oqlarning yurishlariga taqlid qilib, IKS oʻyinini vujudga keltirishadi. Boshqa holatda yonma-yon koʻrishimiz mumkin boʻlgan bir nechta IKS falsafiy maʼnoga ega. Savol: IKS bilan almashgan bir soʻzni yozib bering.