Savollarimizni toʻgʻri tushungan holda, biz togʻdan kelsak, bogʻdan kelmasliginingni iltimos qilamiz! Diqqat! Savolda almashtirish bor. Aleksandr Sergeyevich Pushkinning "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romanidan olingan parchani tinglang: Choʻpon chalgan ALFA BETTASI, Qishloq ahlin uygʻotar takror. Tong: uygʻonmish yaqin-u yiroq, Tatyanaga farqi yoʻq biroq. ALFA haqida qidiruv bergan savol muallifi qirgʻizistonlik yozuvchi Chingiz Aytmatov, oʻzbekistonlik Ergash Jumanbulbul va Fozil Yoʻldosh oʻgʻli nomlariga ham duch keldi. Siz bizga ALFA qatnashgan oʻzbek xalq maqolini yozib bering.