Diqqat, savolda ALFA soʻzi boshqa bir soʻz bilan almashtirilgan. Oʻziga xos hazil tuygʻusi bilan tanilgan Andrey Voznesenskiy kunlarning birida boshqa bir istehzoli adib — Vasiliy Aksyonovga ular «Shinel»dan emas, balki boshqa asardan chiqishganini aytadi. Shu bilan birga u: «Sen, Vasya, chap ALFA dan, men esa oʻngidanman», deb aniqlik kiritadi. Biz «Alfa» soʻzi bilan qaysi soʻzni almashtirdik?