Savolda X (iks) soʻzi boshqa soʻz bilan almashgan. Sadulla Siyoyevning "Mavlono X (iks)" nomli hajviyasida adabiyotdan yiroq odamni gazetaga muharrir qilib taʼyinlashadi. Muharrir qoʻl ostidagi hodimga Navoiy haqida maqola yozishni buyuradi. Maqolani oʻqib koʻrar ekan "men sizga Navoiy haqida yozing degandim, oraga allaqanday X (iks) ni tiqishtirish shartmidi?" deb aytadi. Hodim oʻzini oqlab, X (iks) Navoiyning ogʻaynisi boʻlganini, Navoiy uylanganda sovchilikka borganini aytadi. Diqqat savol: X (iks) bilan almashgan arabcha soʻzni yozib bering.