Savolda IKS va IGREK soʻzlari har biri bittadan atoqli otni almashtirgan. Sirojiddin Sayyidning “IKSdan bir kosa, IGREKdan bir jom” kitobi uning asosan, nazmning kichik janrlarida yozgan sheʼrlari ‒ toʻrtliklar, ruboiy va fardlaridan tarkib topgan. IKS – 1079 yilda rasman qabul qilingan va to hozirgacha Eronda amalda qoʻllanilayotgan “Jaloliy” nomli quyosh taqvimi muallifi hisoblanadi. IGREKning oʻgʻli Sulton Valad esa, asosida otasining taʼlimoti boʻlgan Mavlaviya tariqatiga asos soladi. Diqqat savol: IKS va IGREK bilan almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.