Savolda SHUNDAY IKS soʻzlari bilan bir hil harfdan boshlanuvchi ikki soʻz almashtirilgan. Zulfiya Qurolboy qizining bir hikoyasida, avtohalokatdan soʻng dardga chalingan bolaning sovuq tushishi bilan qiynala boshlashi, aksiga olib kuzning erta kelgani, bahorning esa choʻzilib ketgani haqida hikoya qilinadi. Muallif ushbu holatni SHUNDAY IKS deya taʼriflaydi. Diqqat savol: XIX asr birinchi choragida Evropada kuzatilgan bir holat sababli ANIQ QAYSI IKS ga SHUNDAY IKS laqabi berilgan?