Diqqat, savolda IKS va SHUNDAY soʻzlari har biri bittadan soʻzni almashtirib kelgan. Savol muallifining hazil fikricha, Fetidaning farzandi boʻlgan ushbu afsonaviy personajning IKSI SHUNDAY boʻlganda uning taqdiri biz bilgandan boshqacharoq boʻlishi mumkin edi. Jek Londonning “SHUNDAY IKS” nomli roman 1908-yilda birinchi marta nashr etilgan. Savol: SHUNDAY IKS soʻzlari oʻrnidagi soʻzlarni yozib bering.