Savolda ikki oʻrinda bir soʻzdan bir nechta harflar tushirib qoldirilgan. Yozuvchi Erkin Aʼzam ijodida "AKA"ning oshiq koʻngli" nomli qissa mavjud boʻlib, baʼzi adabiyotshunoslar fikricha bu qissadagi bosh qahramonga bir mashhur oʻzbek qiziqchisi prototip qilib olingan ekan. 2004-yilda ekranlarga chiqqan bir oʻzbek filmi nomida ham "AKA" uchraydi. Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni topgan boʻlsangiz, 2004-yilgi oʻzbek filmi nomini aniq qilib yozib bering.