Diqqat, savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Kamo togʻlarining toshlari Bolish boʻlgan men bechorani Kutarmikan umidlar bilan Ahvolimdan bexabar yorim, Suyukligim, dildorim? Siz hozir Xurshid Davron tarjima qilgan yapon sheʼriyatiga mansub AKA dan birini tingladingiz. Boshqa bir AKA esa Muradbay Nizanov tomonidan ishlangan ijod mahsuli nomidir. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.