Savolda bu ishni qilish soʻzlari boshqa soʻzlarga almashtirilgan. Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov arab mamlakatlaridan birida boʻlganlarida bir odatga guvoh boʻlganlarini aytib beradilar. Unga koʻra, ikki kishi janjallashib qolsa, ularni ajratayotgan uchinchi kishi gʻazabdan tushish uchun ularga bu ishni qilishni buyurarkan. Shuningdek, muftiy xalqimizda koʻngilsizlikka uchragan, xafa insonlarga ham bu ishni qilishni tavsiya qila turib, bir oʻzbek maqoli ham bejizga aytilmasligini taʼkidlaydilar. Savol: Ushbu maqolni yozib bering.