Savolda bu ishni qilish 1 soʻz bilan almashtirilgan. Koʻp xalqlarda BU ISHNI QILISH qoʻpol deb hisoblansa-da, Keniyaning Masai qabilasida bu salomlashish va hurmat koʻrsatishning odatiy usuli hisoblanadi. Qabila aʼzolari yangi tugʻilgan chaqaloqlarga yoki hatto yangi kelinga ham duo qilish va ularga omad keltirish uchun BU ISHNI qilishadi. Aslida bizning xalq orasida ham BU Ishni qilish kishini omadli boʻlib ketishiga sabab boʻladi mazmundagi hazillarni eshitgan boʻlishingiz mumkin. Yaqinda shu hazillarni chin qabul qilgan bir oʻzbek mulozimi BU ISHni qilgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishi ortidan keskin muhokamalarga sabab boʻlgandi. Savol: BU ISHni qilish oʻrnidagi soʻzni yozib bering