Savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Disk - dastlab qadimgi Yunonistonda teatr spektakllari mualliflari, aktyorlar va xor aʼzolariga berilgan "koʻrsatmalar" hisoblangan. Keyinchalik xristian dini paydo boʻlgach disk vazxonlik va cherkov haqidagi taʼlimotga aylandi. Aristotelning shu nomli asari esa teatr tarixi uchun muhim manba hisoblanadi. Savol harflari tushirib qoldirilgan soʻzni toʻliq holda yozib bering.