Savol matnida ikki oʻrinda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni" asarida boburiylar vakili Akbarning oʻz hokimiyatini mustahkamlashga urinishlari tasvirlanadi. Oʻziga suiqasd qilganlarni dindorlar deb gumon qilib, diniy hokimiyatni ham oʻz qoʻliga olishni oʻylayotgan Akbarga maslahat berayotgan Abufazl gʻarbdagi voqealardan ham xabari borligini aytarkan, IKSni eslab oʻtadi. Oʻrta asrlarda Injilni lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan Uilyam Tindeyl haqidagi maqolada ham IKS eslab oʻtilgan Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.