Savolda bir soʻzdan bir nechta harflar tushurib qoldirilgan. NON XX asr boshlarida Shimoliy Amerikada ommalashgan kichik teatr turi hisoblanadi. 1905-yilda amerikalik tadbirkor Djon Xarris, Pittsburgga tijorat boʻyicha yoʻl oladi. U Smintfild koʻchasida, yani odamlar gavjum boʻlgan hududdan eski boʻlsada, doʻkon sotib olishni orzu qiladi va ijara narxlari tushganda, shunday doʻkonni topadi. Shundan soʻng, unga, doʻkonni kichik metrajli filmlar qoʻyiluvchi kinoteatrga aylantirish gʻoyasi keladi va bu gʻoyasini amalga oshiradi. Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni toʻliq holda yozishda sizga amerikancha 5 sent hamda Parijdagi teatr nomlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan soʻzni topishni oʻzi kifoya. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni toʻliq holda yozib bering?