Savolda almashtirishlar bor. Xayrulla Hamidov intervyularidan birida “qaysi tarixiy voqeani koʻzingiz bilan koʻrishni xohlar edingiz?” deb berilgan savolga Imom Buxoriyning onasi oʻgʻlidagi bir nuqsonni ketkazishni duo qilib soʻrab, chilla saqlagani va Buxoriyning sogʻayib ketgani haqidagi voqeani deb javob beradi. Soʻzining davomida “Buxoriyning TILI CHIQMAGANda, hozir koʻpchilikni TILI CHIQMAGAN boʻlar edi” deb ajoyib soʻz oʻyini qiladi. Savol: TILI CHIQMAGAN soʻzlari bilan almashgan ikki soʻzni yozib bering.