Bu inson haqida temirchi usta Amin bobo Nurulloboy oʻgʻli, menga Muhammad alayhi vassalam toʻgʻrisida hech kim u kishidek aniq va taʼsirli qilib aytib berolmagan. U kishining xonadonlariga har borganimda poklangandek, koʻnglim nurga toʻlgandek boʻlib qaytardim deb eslaydi. Saida Zunnunova esa bu insonni oʻziga pir deb bilib, zavjalarini oʻz onasi qatorida koʻrgan ekan. Ertayu kech bobomning huzurlarida ziyoratga keluvchilar koʻp boʻlardi. Kamdan-kam hollarda hech kim boʻlmasdi, deb yodga oladi Bahmanyor Shokirov. Diqqat savol: Bu inson kim?