Savol matnidagi bir soʻzda bir harf boshqa harf bilan almashgan . SSSR davrida qatagʻonlar toʻlqini tez-tez yuz berib turgan. Qatagʻonlardan biri 1920-yillarning oxirida yuz bergan boʻlib, u PAXTA ISHI deb nomlangan. PAXTA ISHIda DONBASSdagi mansabdor shaxslar sabotajda va josuslikda ayblangan va ular otuvga, uzoq yillik qamoq jazolariga hukm qilingan. Stalin PAXTA ISHI atalmish voqealar tasodif emas, bunday jinoyatchilar hali ham sanoatimizning barcha tarmoqlarda mavjud deb aytgan edi. Savol: Savol matnida bir harfi almashgan soʻzni asil holida yozib bering.