Diqqat, savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Yozuvchi Nurilloh Muhammad Raufxon bir intervyusida sobiq sovet davridagi paxta yakkahokimligining dahshatlari haqida toʻxtalar ekan xalqimiz koʻp yillar davomida U holatida majburan ushlab turilganini aytib ajoyib oʻxshatish qiladi. Bugun esa shukrki, U holatida ixtiyoriy tarzda boʻlishimiz mumkin. Savol: Paxta terish jarayonini koʻz oldingizga keltirgan holda harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.