Savol matnida ikki soʻz boshqa ikki soʻzni almashtirib kelgan.1929-yil qishida Al-Kapone raqibi Bags Moranning Irlandiya toʻdasi aʼzolaridan yetti kishini oʻldirishini tashkillashtiradi. Bu qirgʻin tarixga "Varfolamey tuni qirgʻini" nomi bilan kiradi. Qirgʻinni tashkillashtirgan Al-Kaponening yordamchisi Jek Makgurn alibiga ega boʻlish uchun mehmonxonadan xona buyurtma qilib, maʼshuqasi bilan butun kunni oʻsha yerda oʻtkazadi. Diqqat savol: Almashgan ikki soʻzni asl holida yozib bering.