Savol matnida BU ISHNI QILADI soʻzlari boshqa bir necha soʻzlarga almashtirilgan. Bir rus kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmda, gul koʻtargan yigit dastlab, oʻzi yoqtirib qolgan qiz oldiga yoʻl oladi. Qizning uyiga yetib borganida, bundan bir necha kun oldin qiz vafot etganini eshitadi va qabristonga yoʻl oladi. Qabristonga kirishdan oldin esa BU ISHNI QILADI. Kim oʻzining 2003-yilgi asarida BU ISHNI QILAYOTGAN insonni tasvirlagan.