zakovatklubi.uz

Savolda BU ISHNI QILISH soʻzlari boshqa 2 soʻzni almashtirgan. Savol muallifining aytishicha, koʻplab savollari marafon uchun oʻtmay, savollari BU ISH QILINGANidan soʻng ushbu savol tuzildi. Qadimda Fransiya qiroli BU ISH QILINGANidan soʻng, ushbu holat yana takrorlanmasligi uchun asosiy vazifasi barmoqni tishlash boʻlgan bir kasb paydo boʻladi. Yozuvchi Olimjon Hayitning 2019 yilda nashr etilgan detektiv qissasi nomi ham “BU ISH QILINGAN yigit” deb nomlanadi. 2010 yilda ekranlarga chiqqan Rayan Reynolds ijrosidagi “BU ISH QILINGAN” filmi boshidan oxirigacha yopiq joyda, makonda boʻlib oʻtadi. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH soʻzlari oʻrnidagi 2 soʻzni aniq yozib bering

Manba