Savol matnida bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Yaponiya futbol terma jamoa aʼzosi Daichi Kamada shu kungacha kattalar futbolida "Sagan Tosu", "Ayntraxt", "Sent Tryuden", "Latsio" va joriy mavsumdan "Kristal Pelas" jamoasi tarkibida toʻp suradi. Stadion.uz sayti maqolasida futbolchi orol deya atalganini oʻqish mumkin. Parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida orollarga aeroport hududidagi maysalar oʻrilishi yoki daraxtlar kesilishi haqidagi maʼlumotlar ham berilib boriladi. Savol: Savol matnida harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering.