Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Ov miltigʻidan havodagi nishonni poylash musobaqalarida, oʻyinchoq kaptarlar oʻrniga undan foydalanish maslahat berilgan. U Avstraliyadagi koʻplab korxona va tashkilotlarning logotip va emblemalarida tasvirlangan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.