Ushbu mahsulotning kelib chiqishi nomaʼlum. Uning inglizcha nomi lotincha "salsus" — tuzlangan soʻzidan kelib chiqqan. U haqidagi ilk maʼlumotni Gomerning "Odisseya" asarida uchratish mumkin. Viktoriya davrida bu mahsulotni kinoya bilan "sirli xaltachalar" deb atashgan. U ikki asosiy toifaga boʻlinadi: quruq (masalan, Italiya mortadellasi) va xom (masalan, bratvurst yoki Ispaniya xorizosi). Gap qaysi mahsulot haqida bormoqda?