Rivojlangan davlatlar aholisi oʻzlari foydalanmay qoʻygan uy-roʻzgʻor buyumlarini, turmushda foydalaniladigan predmetlarni xayriya tashkilotlariga topshiradilar. Koʻpgina xayriya tashkilotlari gigiyena nuqtai-nazaridan ishlatilgan IKSlarni qabul qilishmaydi. Bir oʻzbek iborasida biror ishni tezda va chalakam-chatti bajarilgan holatda IKS ham eslab oʻtiladi. Savol: IKS nima ekanligini yozib bering.