Maʼlumotlarga koʻra, insoniyatning ehtiyojlari uchun har yili IKSlarning 50 milliarddan ortigʻi talab etilar ekan. Oʻzbek iboralarida IKS keng qoʻllanilib, nima qilishini bilmay shoshib qolgan, bir ishni amallab bajarib olgan-u, uni boplab qoʻygandek hammaga jar solgan yoki taʼzirini yegan odam haqida gapirilganda eslab oʻtiladi. Savol. IKSni bir soʻzda yozib bering.