Hurmatli bilimdonlar! Qadimgi Rim huquqshunoslari jinoyat tafsilotlarini oʻrganishda quyidagi yetti qismli formulaga amal qilishgan: "Quis? Quid? Ubi? Quibus auxiliis? Cur? Qumodo? Quando?" [Kvis? Kvid? Ubi? Kvibus aksiliis? Kur? Kvomodo? Kvando?]. Ushbu formulaning ikkinchi, uchinchi va yettinchi qismlarini oʻzbek tiliga tarjima qiling.