"Nyu-Orlean oshxonasi afsonalari" kitobida shunday psevdotarixiy sahna keltiriladi. Bir kuni Luizianalik kreol indeyslarning gulxanda butun bir echkini qovurayotganini koʻrib qoladi. U hamrohidan "Que cuisinent ils?" [ke kuisinent ils] ("Ular nima pishirishyapti?") deb soʻraydi. Hamrohi esa: "Une bete avec barbe et queue" [une bete aves barbe et kyu] ("Soqoli va dumi bor qandaydir maxluq") deb javob beradi. Shu tariqa qaysi soʻzning kelib chiqish tarixi bayon qilinmoqda?