Qotilni tutish uchun butun boshli mamlakat armiyasi jalb etiladi. Lekin buning imkoni boʻlmaydi, xavfni sezga qotil qoʻshni davlat hududiga qochib oʻtadi. 400 dan oshiq insonning joniga qasd qilgan qotilni qoʻlga olish uchun britaniyalik Jim Korbett jalb qilinadi. Korbettning soʻzlariga koʻra, qotil oʻz qurbonlarini faqat kunduz kuni oʻldirgan, tunda bironta oʻlim holati kuzatilmagan. Diqqat, savol: qotilliklar qaysi 2 ta davlat hududida roʻy bergan?