Diqqat, ommaviy qotillik! Vaqti aniq emas, lekin 1871-yildan kechikmagan, ehtimol sentabrdan aprelgacha boʻlgan davrda. Qurbonlarning aniq soni hatto taxminan ham nomaʼlum. Qotillar — ikki kishi. Oradan deyarli bir asr oʻtgach, Buyuk Britaniyaning bir fuqarosi ulardan kamida birining nomini oqlashga qaror qilib, u haqida qoʻshiq yozadi va unda oʻzini u bilan tenglashtiradi. Qotillardan kamida birining ismini ayting.