Qoraqalpoq xalqida ham bir-biridan qiziq odatlar mavjud. Toʻy kuni kuyov kelinning uyiga yaqinlashishi bilan, kelin taraf ayollar (koʻpincha qoʻshnilar) kelinning uyiga kuyov kirishi uchun pul soʻraydilar. Kuyovni ushbu butun jarayon davomida yosh yigitlar qoʻllab turishadi va “vakil ota” kuyovning oʻrniga toʻlovni amalga oshiradi. Bayram bazmi tugagandan soʻng kuyovdan ikkinchi marta pul olinadi, bunda kuyov tarelkani tagiga pulni qoldiradi. Keyin kuyov, sovchi ayollarga pul berishi lozim. Sovchi ayollar mehmonlar uyiga suv toʻla idish bilan kirishadi. Diqqat savol: Bu quvnoq jarayonda suv toʻla idish nima uchun kerak?