Oʻzbek urf-odatlariga koʻra, sovchilikka borganda "Onasini koʻrib qizini ol" maqoliga rioya qilinadi va dastlab mehmonga borilganda qizning onasi bilan suhbatlashiladi. Bu jarayonda kuyovning onasi doimo yonida bir ayol bilan boʻlishi odat tusiga kirgan. Bu yigitning ammasidir, xolasidir yoki qoʻshnisidir farqi yoʻq, kimdir boʻlishi shart. Mana shu holatning oʻzi oʻzbek xalqining naqadar andishali ekanligini koʻrsatadi. Diqqat savol: Onalar nimadan qochish maqsadida oʻz yoniga yana bir ayolni qoʻshib olishadi?