Qarshingizda Gustav Klimt qalamiga mansub kartina. Ushbu kartina nomida "qoʻrquv" soʻzini uchratish mumkin. [INKOR OHANGIDA:] Yoʻq, "qoʻrquv" soʻzi yoʻq. [JAHL OHANGIDA:] Bunaqa soʻz boʻlishi ham mumkin emas. Ufff... [OʻYCHAN OHANGDA:] Yoki bormidi? "Qoʻrquv" soʻzi bor deylik. [TUSHKUN OHANGDA:] Obbooo, dabdala boʻldi... [ROZILIK, QABUL QILISH OHANGIDA:] Hay mayli, xullas, ushbu kartinani 1969-yil yaratilgan asar nashrlaridan birining muqovasida koʻrish mumkin. Asar muallifini toping.