"Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha, johiliyat davri arablari bir toifa kishilarni "toʻldiruvchilar" deb atashgan. "Toʻldiruvchilar"ning birinchisi Huzayfa boʻlib, qolganlari uning avlodlaridir. Ular barcha uchun bir ishni qilib berishgan. Diqqat, savol: Huzayfa va uning avlodlari qanday muhim ishga masʼul edi?