Ushbu frazeologizm Aleksandr Dyumaning "Uch mushketyor" romani tarjimasidagi noaniqlik tufayli kelib chiqqan degan fikr bor, u yerda ushbu laqab bilan qisqacha tilga olingan personaj nomlanadi. Dyumada frazeologizm tarkibidagi sifat personajning siyosatdan tamoman yiroq boʻlgan monaxlar tabaqasiga mansubligini bildiradi. Rus tilida (va oʻzbek tilida ham) esa bu sifat koʻrimsizlik, sezilarsiz boʻlish, shuningdek, qandaydir mashʼumlik bilan bogʻlanadi. Gap qaysi frazeologizm haqida ketayotganini ayting.