Sergey Lukyanenkoning "Spektr" asarining boblaridan birida voqealar Sheali sayyorasida boʻlib oʻtadi, u yerda ong evolyutsiyasi biz yerliklar uchun noodatiy yoʻldan borgan. Ong bilan birga shealilarning diniy qarashlari ham rivojlanib, ikkita asosiy din shakllangan. Rasmdagi Moskva Planetariysini sheali oʻz sayyorasidagi koʻplab binolarga oʻxshashligi sababli ikki dindan birining ibodatxonasi deb qabul qilgan boʻlardi. Ikkinchi dinning asosiy postulatini (aqidasini) ayting.