Sergey Lukyanenkoning "Spektr" romanida qahramon toʻrtta kovboyni uchratadi. Biri — oʻrta yoshli, yuzi qizil, semiz, sochi kalta olingan, labining ustida moʻylovi bor. Ikkinchisi — bugʻdoyrang, yosh koʻrinsa-da, qora sochlarida oq oralagan. Uchinchisi — ozoda qirilgan, uzun sochlari ensasida dum qilib yigʻilgan. Toʻrtinchisi — eng keksasi, baland boʻyli, biroz bukchaygan, soqol va bakenvardli. Oxirgi uchtasi sizga notanish boʻlishi mumkin, lekin birinchisining ismi va familiyasini, shubhasiz, bilasiz. Uni ayting.