Borxesning hikoyalaridan birida Bobil hukmdori Arabiston shohini qabul qila turib, uni oʻsha paytdagi eng murakkab, chiqish deyarli imkonsiz boʻlgan labirintga kiritib, ustidan yomon hazil qiladi. Biroq shoh moʻjiza tufayli u yerdan chiqishga muvaffaq boʻladi. Vaqt oʻtib, endi Bobil hukmdori asirga tushadi va Arabiston shohi uni oʻzining "labirint"iga yuboradi. Bu labirint nima edi?