Bir kuni Nemirovich-Danchenko mavzu yoʻqligidan shikoyat qilgan yosh dramaturgga bir syujetni maslahat beradi: bir qizni sevib qolgan yosh yigit uzoq ayriliqdan keyin yana unga koʻngil izhor qiladi, lekin qiz undan koʻra ancha noloyiqroq boshqa birini afzal koʻradi. "Bu qanaqa syujet? — deb qovogʻini uydi yosh adib. — Mutlaqo siyqasi chiqqan va andozaviy gap-ku". Nemirovich-Danchenko bu "dramaturg"ga uning xato qilayotganini qanday isbotladi?
"Griboyedov esa bu syujetdan yomon boʻlmagan pyesa yaratgan. U "Aqllilik balosi" deb ataladi".