Aytishlaricha, Nemirovich-Danchenko bir kuni dramaturglarni yangi pyesalar yozishga undash uchun toʻplagan ekan. Dramaturglardan biri isteʼdod, hayotiy bilim, xarakterlar borligini, ammo munosib konflikt yoʻqligidan shikoyat qila boshlabdi. "Mana sizga konflikt, — debdi Nemirovich. — Uzoq ayriliqdan soʻng oshiq oʻz maʼshuqasi bilan uchrashadi. Ayol esa u yoʻqligida boshqasini sevib qolgan boʻladi. Erkak tushkunlikda ketib qoladi". — "Shu ham konfliktmi? — deb soʻrabdi dramaturg. — Axir bu hatto yomonroq pyesaga ham yetmaydi-ku!". Nemirovich nima deb javob bergan?